admin Dek 16, 2023 0

Tasvir

Illyustratsiya (lot. illustratio — yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma kitoblar paydo boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi Illustratsiyani grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7 asrlarda dastlabki ksilografiyaga oid Illustratsiya, 16-asr oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri 18— 19 asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-asr) Illustratsiya miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq boʻlgan, diniy, didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-asr oxiriga kelib Illustratsiya mustaqil kompozitsiyaga aylandi, alohida varoqqa ishlanib, matnga yopishtirilgan. 18-asrda Iillustratsiya bilan kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish

qoidalari rivojlandi. 18—19 asrlar chegarasida tasviriy vosita — koʻndalang , kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-asr uchun tugallangan Illustratsiya — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizg’ilar xos boʻldi. 20-asrga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta boshladilar.

20-asr 20-yilllaridan Illustratsiya gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim ro’l oʻynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etadi, fotomontaj yuzaga keladi, plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻladi, kitob va Illustratsiya birligi kuchaydi, bolalar kitobi Illustratsiyasi rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi Illustratsiyani dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.

Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida Illustratsiya ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta yerlarda klassik shoirlarning asarlariga Illustratsiya ishlash keng tarqalgan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va boshqa mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq oʻzbek Illustratsiyasining haqiqiy rivoji 20-asrlarga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek IIllustratsiyasi uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Usta Moʻmin (A. Nikolayev), ʼ.Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va boshqa rassomlar shu sohada samarali ijod qildi. Oʻzbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va goʻzal bezalishiga samarali hissa qoʻshmoqda.

Ilmiy-nazariy matn (makala, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan, maʼruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan koʻrgazmali tasvirlar (reproduksiya, fotosuratlar, turli chizmalar) ham Illustratsiya deb ataladi.

Tegishli postlar

Blue Sky Studiyasi

Dek 16, 2023

Tasvir

Dek 16, 2023

0 Izohlar

Izoh qoldiring

Ism *

Familiya *

Xabar *